Back to news

“Milliy libos — millat ko‘zgusi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri

This article is currently available in Uzbek only.

“Milliy libos — millat ko‘zgusi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri

Marhamat tumanidagi 3-son texnikumi o'quvchilari tomonidan "Milliy libos millat ko'zgusi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir uyushtirildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlarni targ'ib qilish, ularning Vatan va millatga bo'lgan muhabbatini yanada kuchaytirishdir.

O'quvchilar ushbu sayohat davomida milliy o'yinlar va an'analarni o'zida aks ettiruvchi faoliyatlarda ishtirok etdilar.

O'quvchilar milliy musiqa asbobimiz hisoblangan doirani chalish bo'yicha o'yinlarda qatnashib, ushbu an'anani jonlantirdilar.

Bu o'yinlar nafaqat ko'ngilochar, balki musiqaga bo'lgan qiziqishni oshirishga ham xizmat qildi.

Tadbirda qadimiy va qiziqarli an'analardan biri bo'lgan o'sma qo'yish ham o'z o'rnini topdi.

O'quvchilar ushbu an'ananing mohiyati va uning madaniyatimizdagi o'rni haqida ma'lumotga ega bo'ldilar.

Photo gallery